Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarafshon daryosi ustidagi avtomobil ko‘prigi harbiy o‘quv mashg‘ulotlar sababli ma'lum vaqtga yopiladi
Ertaga, 7 avgust kuni soat 14.30 dan 15.00 ga qadar Markaziy harbiy okrug hududidagi kuchishlatar tuzilmalar hamkorligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan katta masshtabda harbiy o‘quv mashg‘ulotlar tufayli Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Almati–Bishkek–Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lidagi Zarafshon daryosi ustidan o‘tgan ko‘prikda avtomobil harakatlari vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.
Uzunligi 160 metr, qatnov qismi esa 10 metrdan iborat bo‘lgan ushbu ko‘prik ustunlariga shartli noqonuniy qurollangan shaxslar tomonidan o‘rnatilgan uzoq masofadan boshqariluvchi minadan tozalanish ishlar hamda qurolli kishilarni qo‘lga olish tadbiri tezkor va maxsus bo‘linmalar hamkorligida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, mazkur ko‘prikka parallel ravishda yotqizilgan temir yo‘l ko‘prigida ham harbiy o‘quv amaliyot o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
“Shu munosabati bilan ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan yengil avtomobil va yuk mashinalari hamda fuqarolardan oldindan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:21 / 08.02.2026
Fransiyada ORION 2026 harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
13:52 / 24.11.2025
Zarafshonda 3 yoshli qizaloqning qo‘li ishlayotgan go‘sht maydalagichga kirib ketdi - shifokorlar barmoqlarni asrab qoldi
13:59 / 22.10.2025
O‘zbekistonda besh davlatning harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi
09:12 / 16.10.2025