Holat Navoiy viloyati Zarafşon şahridagi xonadonlardan birida kuzatilgan. Qizça ovqat uçun göşt tayyorlayotgan onasining yonida turgan va kutilmaganda qölini maydalagiçning yuqori qismidagi böşliqdan tuşirib yuborgan. Ona darhol qurilmani töxtatgan, ammo barmoqlar metall konstruksiya içida siqilib qolgan. Jihoz metalldan işlangani hisobiga uni sindiriş imkoni bölmagan.
Şundan söng, ayol şahar tez tibbiy yordam bölimiga murojaat qilgan. Tez tibbiy yordam xodimlari 12 daqiqa içida voqea joyiga yetib borgan. Bolani harakatlantiriş jarayonida jarohat yanada çuqurlaşib ketmasligi uçun 3 nafar tibbiyot xodimi qizaloqni göşt qiymalagiç bilan birga şifoxonaga kötarib kelişgan.

Zarafşon şahar tibbiyot birlaşmasi travmatolog-şifokori Elmurod Ahatovning ma’lum qilişiça, bola şifoxonaga olib kelinganda huşi bor, ammo oğriq şoki ostida edi. Çap qölida köp miqdorda qon ketişi, yumşoq töqimaning çuqur şikastlanişlari kuzatilgan. Jarohat asosan çap qöl barmoqlari va kaft qismida yuzaga kelgan.
“Operatsiya 2 soatdan ortiq davom etdi. Jarayon juda murakkab böldi, barmoq paylari, nerv tolalari, muşaklarning bir qismi jarohatlangandi. Operatsiyada mikrojarrohlik tikuvlari, maxsus optik uskunalar, qon tomirlarini tiklaş uçun nozik jarrohlik iplaridan foydalanildi. Eng qiyin qism barmoqlardagi qon tomirlarni tiklaş böldi. Çunki bunday yoşdagi bolalarda tomirlar juda nozik, ularni tiklaş uçun katta tajriba va aniqlik talab etiladi”, – deydi Elmurod Ahatov.

Şifokorning aytişiça, dastavval qölni saqlab qoliş imkoniyati 50 foizdan past baholangan. Jarohat çuqur bölgani, yirik nerv tolalari va qon tomirlari şikastlangani sababli nekroz, funksiyani yöqotiş xavfi yuqori bölgan.
Hozirda qizaloqning ahvoli barqaror, u jarrohlikdan keyingi kuzatuv palatasida. Tiklaniş jarayoni kamida 2–3 oy, töliq motor funksiyalarini tiklaş esa 6 oygaça davom etişi mumkin.
“Jarrohlikdan keyin qöllarning tiklaniş jarayoni organizmning öz kuçi va reabilitatsiya körsatmalarining ota-onalar tomonidan qanday bajarilişiga boğliq. Ayni paytda eng muhim vazifa – infeksiya tuşişining oldini oliş”, – deydi şifokor Ahatov.

















