O‘zbekiston Turkiya Buyuk millat majlisi a'zolarini saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif qildi
2019 yilning 6 avgust kuni Turkiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisining raisi Mustafo Shentop bilan uchrashdi.
Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Ta'kidlanganidek, 2017 yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi va Turkiya Buyuk millat majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangani O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi huquqiy asosining muhim tarkibiy qismi bo‘ldi.
Parlamentlararo hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishning qulay omili sifatida muhimligi ta'kidlandi. Qayd etilganidek, hamkorlikning qonunchilik asoslarini mustahkamlash, iqtisodiy va boshqa sohadagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, turizm, madaniy-gumanitar, ta'lim va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga qonunchilik jihatidan ko‘mak berishga tomonlarning tayyor ekanligi tasdiqlandi.
Suhbat chog‘ida 2018 yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan hamkorlikning parlamentlararo guruhlari birinchi qo‘shma majlisining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etildi, Oliy Majlis delegatsiyasining Anqara shahrida ikkinchi qo‘shma majlisda ishtirok etish uchun Turkiyaga tashrifini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Qonun ijodkorligi sohasi, parlament saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta'kidlandi. O‘zbekiston tomoni Turkiya Buyuk millat majlisi a'zolarini joriy yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif qildi, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024