Jahon | 16:53 / 08.08.2019
5847
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha parlamenti spikeri samolyot bilan bog‘liq mojaro sababli iste'foga chiqadigan bo‘ldi

Foto: Twitter/Marek Kuchciński

Polsha parlamenti spikeri Marek Kuxchinskiy hukumat samolyotidan foydalanish bilan bog‘liq mojaro sababli iste'foga chiqishini bildirdi.

Polshada mamlakat parlamenti spikeri Marek Kuxchinskiyning hukumat samolyotidan foydalanishi bilan bog‘liq mojaro avj olmoqda. Jurnalistlarga Kuxchinskiyning xizmat safarlari davomida samolyot bortida spiker bilan birga uning oila a'zolari hamda hukmron partiya a'zolari o‘z oilalari bilan tez-tez parvoz qilishgani ma'lum bo‘ldi. 

Kuxchinskiy davlat xarajatlari ortishiga sababchi bo‘lmaganini, xayriya maqsadlari uchun 15 ming zlotiy va qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish fondiga 29 ming zlotiy berganini aytdi.

Muxolifat Kuxchinskiy oilasi bilan ko‘p marta o‘zi tug‘ilib o‘sgan Podkarpatega hukumat samolyotida borganidan norozi bo‘lmoqda.  

"Ertaga parlament rahbari lavozimidan iste'foga chiqmoqchiman", - dedi Kuxchinskiy.

U shu bilan birga, jinoyat qilmaganini va davlatga zarar yetkazmaganligini ta'kidladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid