Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar AQShni tinchlik muzokaralariga qaramasdan hujumlarni davom ettirishda aybladi
"Tolibon" harakati yetakchisi Mulavi Haybatulla Oxunzoda AQShni Afg‘onistondagi hujumlarni kuchaytirishda aybladi va AQShning mamlakatda tinchlik o‘rnatish maqsadiga shubha bildirdi. Bu haqda EFE agentligi xabar berdi.
"Muzokaralar vaqtida AQShning vahshiyona va maqsadsiz bombardimonlari, tinch hududlarga hujumlari hamda siyosatchi va harbiylarining bir-biriga zid bayonotlari tinchlik jarayoniga shubha soyasini solmoqda va sizlarning maqsadlaringizga nisbatan gumon uyg‘otmoqda", - deyiladi toliblar yetakchisi bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar natijasi o‘zaro ishonchga bog‘liq va u shu bois AQShni "bu harakatlarni bas qilishga" chaqirdi.
Dohada AQSh vakillari va toliblar o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Shuningdek, 8 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida “Tolibon” harakatining Doha shahridagi siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Oxund boshchiligidagi Harakat vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish maqsadida mamlakatda tinch siyosiy jarayonlarni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026