Jamiyat | 09:30 / 09.08.2019
20087
2 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanidagi YTH oqibatida 10 yoshli bola halok bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Kecha, 8 avgust kuni soat 7:30da 102 raqamiga Yunusobod tumanidagi Bog‘i shamol va Yangi shahar ko‘chalari chorrahasida uchta avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushdi, deya ma'lum qilmoqda Toshkent shahar IIBB. 

“Hyunday” rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli Shoxruh T. svetoforning taqiqlovchi signaliga o‘tib ketib, 29 yoshli Botir S. boshqargan “Kobalt” va 24 yoshli Murodjon S. boshqarib borgan “Spark” avtomobillari bilan to‘qnashgan. 

YTH natijasida quyidagi fuqarolarga tan shikastlari yetgan: “Kobalt” rusumli avtomobil yo‘lovchilari 40 yoshli Shukurullo A. va 32 yoshli Mahliyo K., shuningdek “Hyunday” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 10 yoshli I.Sh. YTHdan jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildilar. Ammo shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramasdan, 10 yoshli I.Sh. hayotdan ko‘z yumdi.

“Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qiling! Sizning yo‘llardagi xulqingiz nafaqat o‘zingizning, balki yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘iga ziyon yetishiga sabab bo‘lishi mumkin”, - deyiladi IIBB xabarida.

Mavzuga oid