Qonunchilik palatasi: IIVning jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari qoniqarli emas
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri davlat organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy dasturlarning bajarilishi ustidan kuchli parlament nazoratini amalga oshirishdir.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan 2019 yil 9 avgustda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida Ichki ishlar vazirligining 2019 yilning I choragida faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki dasturining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Parlament saytida yozilishicha, tanqidiy-tahliliy muhokama etilgan axborotda Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning I choragida faoliyat samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarida ko‘rsatilgan maqsadli vazifalarning bajarilishi holati, xususan, respublikada o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olish borasida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ma'lumot berildi.
Biroq eshituv chog‘ida vazirlikning jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda 2019–2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari qoniqarli emasligi, bu borada belgilangan vazifalar to‘laqonli bajarilmayotgani qayd etib o‘tildi.
Bundan tashqari, vazirlik tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalarining sifatini oshirish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tilar ekan, loyihalar aksariyat hollarda deputatlar tomonidan qariyb 70 foizgacha o‘zgartirilib, qayta ishlanayotgani, korrupsiya elementlari mavjud normalardan xalos qilinayotgani ta'kidlandi.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligiga ayni masalalar yuzasidan faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator tavsiyalar berildi.
Mavzuga oid
19:08 / 25.10.2024
Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024