Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda «Spark»ning g‘ildiragi yorilib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
2019 yil 8 avgust kuni soat 18:30larda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani Yangiobod mahallasida yashagan 44 yoshli N.B. ismli ayol boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasini Sherobod tumani Guliston mahallasi hududidan o‘tuvchi “Boysun-Sherobod” yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida avtomashinaning old o‘ng tomon g‘ildiragi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmagan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u dastlab yo‘lni o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa, so‘ngra yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgan.
Natijada haydovchi jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan haydovchining 11 yoshli o‘g‘li va 15 yoshli jiyani J.I. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchining 15 yoshli jiyani vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
12:10 / 27.05.2026