Artel kompaniyasi barchangizni Qurbon hayiti ayyomi bilan qutlaydi
Muhtaram yurtdoshlar, Artel kompaniyasi barchangizni ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi - Qurbon hayiti bilan chin dildan muborakbod etadi. Xonadoningizga fayz-u baraka, sizga va yaqinlaringizga uzoq umr, baxt-saodat, ishlaringizga esa omad tilaydi. Ushbu saodatli kunda barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini, Vatanamiz yanada obod, halqimiz esa farovon bo‘lishini tilab qoladi.
Qadim zamonlardan o‘zbekistonliklar o‘zining olijanobligi, bag‘rikengligi, halolligi, mehribonligi bilan ajralib turadi. Tarixga nazar tashlasa, bizning xalqimiz azaldan o‘zgacha mehmondo‘stligini, yuksak insoniylik fazilatlariga ega bo‘lganligini yaqqol anglash mumkin. O‘zbekistonliklar muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishdan hech qachon bosh tortmaydi, uyga kelgan mehmonlarni esa doimo tabassum bilan kutib olishadi. Mehr-shafqat, muruvvat kabi hissiyotlar har birimizga xos, yuksak odamiylik fazilatlari esa barchamizda ota-onalarimiz tarbiyasi bilan qon-qonimizga singib ketgan. Halqimizni bunday yuksak ma'naviyatli bo‘lib shakllanishida Qurbon hayiti ayyomining o‘rni shubhasiz beqiyosdir.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytib o‘tganlaridek: «Darhaqiqat, hayotda ezgu va savob amallarni bajarib, oilasi, farzandi, el-yurtining baxt-u saodatini o‘ylab, halol mehnat qilib yashash musulmon ahli uchun iymon-e'tiqodning muhim sharti hisoblanadi».
Bunday fazilatli kunda yaqinlarimizga shodlik ulashish, ular bilan bir dasturxon atrofida yig‘ilish barchamiz uchun ulkan baxtdir. Artel kompaniyasi Qurbon hayiti ayyomi bilan barchangizni samimiy qutlaydi.
Oilangizga baxt, xonadoningizga qut-baraka, tinchlik osoyishtalik tilaydi.
Qurbon hayiti muborak!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:55 / 23.01.2024
Ochiq muloqot: Maishiy texnikachilar va Otabek Bakirov bahsi
17:40 / 12.10.2022