Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston elchisi Islomobod qarori sababli Hindistonga qaytdi
Foto: Reuters
Hindistonning Pokistondagi elchisi Ajay Bisariya Kashmir maqomi o‘zgartirilishi sababli Islomobod ikki tomonlama munosabatlar darajasini pasaytirishga qaror qilgandan bir necha kun o‘tib Nyu-Dehliga qaytdi. Bu haqda NDTV telekanali manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Manbalar so‘zlariga ko‘ra, Bisariya Pokiston Hindistonning diplomatik munosabatlarni pasaytirish qarorini qayta qo‘rib chiqish iltimosiga quloq solmagach vataniga qaytgan. Elchi Islomobodni 10 avgustda tark etib, Nyu-Dehliga Dubay orqali yetib kelgan.
Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarda hind hukumatining Jammu va Kashmir shtatini tugatib, uning o‘rniga ikkita ittifoqdosh hudud tashkil etish qarori sababli keskinlik yuzaga kelgandi. Islomobod bu qarorni qoralagan.
Shu sababli Pokiston hukumati 7 avgustda Hindiston elchisini chiqarib yuborish qarorini qabul qilgan.
Mavzuga oid
14:27 / 11.02.2026
O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada rekord natija qayd etdi
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
21:19 / 07.02.2026