Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Raqamli ishonch” jamg‘armasi qishloqlarda loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikka chorlaydi
«Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi “Bir qishloq – bir mahsulot” tamoyili asosida intellektual rivojlangan infratuzilma ilk loyihasini ishga tushirmoqda.
Loyiha qishloqlarda kichik intellektual-ishlab chiqarish va avtonom infratuzilmalarni qurishni ko‘zda tutib, ular quyosh kollektorlari, issiqxona va baliq jo‘jaliklari, suv ta'minoti tizimlarini o‘z ichiga oladi.
Loyihani Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida joylashgan Paxtazor qishlog‘ida amalga oshirish rejalashtirilgan.
Yaratiladigan infratuzilma zaxiralarni tejash va yuqori sifatli ekologik toza mahsulotlarni olish uchun mavjud texnologik yechimlardan maksimal foydalanadi.
Fermer xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yagona onlayn-portal ishlab chiqilib, unda fermerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishi hamda butun dunyodan mutaxassislar maslahatlarini olishlari mumkin bo‘ladi.
Portal, shuningdek, mahsulotni onlayn-rejimda sotish imkoniyatiga ega qishloq xo‘jalik-marketpleys vazifasini bajaradi. Bu esa mijozlarni izlash jarayonini ancha optimallashtirishga imkon beradi.
Jamg‘arma shu maqsadda investorlarni hamkorlik qilishga taklif qiladi va bepul huquqiy ko‘mak ko‘rsatishga va'da beradi. Shuningdek, jamg‘arma quyidagilarda ham amaliy yordam ko‘rsatadi:
1. Texnologiyalarning xususiyatlari va ustunliklari haqida ma'lumot olish.
2. Shartnomalarni tayyorlash, ruxsat beruvchi xarakterdagi hujjatlarni olish.
3. So‘ralayotgan hudud va infratuzilma uchun barcha hisob-kitoblarni amalga oshirish.
4. Uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish.
Taklif qilinayotgan loyihalar bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi saytida batafsil tanishish mumkin.
Mavzuga oid
17:57 / 19.11.2025
Qaysi hokim natija ko‘rsatsa, shu tuman ko‘p mablag‘ oladi - prezident
20:58 / 29.08.2025
Har bir qishloq va mahallaga shahardagi qulayliklarni olib kiramiz – Shavkat Mirziyoyev
08:47 / 14.07.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta’minlashda bozor mexanizmi joriy etiladi
12:20 / 06.03.2025