Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019-2020 o‘quv yilidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Avgust kengashlari tashkil etiladi - XTV
Yangi o‘quv yili oldidan xalq ta'limi muassasalari rahbarlarining mas'uliyati va tashabbuskorligi, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati, mahoratini yanada oshirish, o‘quv dastur hamda darsliklardagi yangiliklar, o‘zgarishlar bilan tizim xodimlarini yaqindan tanishtirish, yangi o‘quv yilidagi muhim va ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida Avgust kengashlari tashkil etiladi.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 15-16 avgust kunlari respublika o‘quv-seminari videokonferensiya shaklida o‘tkaziladi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar hududiy o‘quv-seminarlari 19-20 avgust, tuman (shahar)larda fan yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘'ba va yalpi yig‘ilishlar 22-24 avgust, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida 27-28 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Respublika o‘quv-seminari dasturi asosida taqdimot, videoma'ruza, tarqatma materiallarni tayyorlanib, 15 avgustga qadar joylarga yetkaziladi. Shuningdek, seminar mashg‘ulotlarini o‘tish uchun sohaning tajribali mutaxassislari jalb etiladi.
Mavzuga oid
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
09:16 / 11.07.2026
Prezident ta’lim tizimi bo‘yicha yangi maqsadlarni belgiladi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:15 / 26.06.2026