Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda «Charm to‘p» musobaqasining viloyat bosqichi bahslari boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorlikda tashkil etilgan mahallalararo “Charm to‘p” turniri bu yil Andijonda yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
Viloyat bosqichi uchrashuvlari oldidan Sho‘rbuloqdagi futbol akademiyasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘z olgan Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov “Charm to‘p” musobaqasini o‘tkazishdan asosiy maqsad futbolga qiziquvchi insonlar uchun katta bir bayram tashkil etish orqali havaskor va professional sport o‘rtasida to‘siqlarni olib tashlab, har bir fuqaroni yurtimiz sportiga yaqinroq bo‘lishiga sharoit yaratib berish ekanligi haqida gapirdi.










Endi 13-18 avgust kunlari viloyat tuman va shaharlarining 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 16 ta yoshlar jamoalari to‘rt guruhga bo‘lingan holda kuch sinashadilar. 19 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final o‘yini g‘olibi 22-27 avgust kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladigan Respublika bosqichida to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
19:01 / 10.05.2026