Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkong aeroportidagi namoyishchilar turistlardan uzr so‘rashdi
Foto : REUTERS / Thomas Peter
Hongkong xalqaro aeroportining kutish zalidagi namoyishchilar seshanba kungi voqealar uchun turistlardan uzr so‘rashdi.
Hongkong xalqaro aeroporti chorshanba kuni ikki kun davomida uchish-kutish zalida namoyishchilar uyushtirgan tartibsizliklardan so‘ng o‘z ishini asta tiklay boshladi. Aeroport ma'muriyati yuzlab reyslarni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Seshanba kuni politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.
Hozirda kutish zalida bir necha o‘n nafar namoyishchilar qolgan. Ular uzr so‘ralgan yozuvlar bitilgan plakatlarni qo‘yib olishgan.
"Aziz turistlar! Biz kecha yuz bergan voqeadan afsusdamiz. Biz tushkunlikda edik va unchalik to‘g‘ri bo‘lmagan qarorlarni qabul qildik. Uzrimizni qabul qiling", - deb yozilgan plakatlarda.
Hongkong xalqaro aeroporti dunyodagi eng gavjum xalqaro transport xablaridan hisoblanadi. Bu yerda kuniga 800ga yaqin reysga xizmat ko‘rsatiladi, shu bois uning ishidagi uzilishlar o‘n minglab turistlarga ta'sir qildi.
Mavzuga oid
15:06 / 04.05.2026
O‘zbekistonliklar Hongkongga vizani qanday olishlari mumkin?
07:40 / 25.03.2026
Dunyoda eng ko‘p milliarderlar tug‘ilgan shaharlar ma’lum qilindi
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
20:55 / 09.02.2026