Jamiyat | 16:51 / 14.08.2019
31700
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda «Lasetti» va «KamAZ» ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

2019 yil 13 avgust kuni soat 04:00larda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Yangiariq” MFYda yashagan 28 yoshli A.A. o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi “Xonimqo‘rg‘on” QFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” yo‘lida haydab ketayotib shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan 53 yoshli I.A. boshqaruvidagi “KamAZ-5410” rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi A.A. va yo‘lovchisi, Farg‘ona shahrida yashagan 35 yoshli J.Yu. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. “Lasetti”dagi qolgan ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid