Jamiyat | 09:49 / 15.08.2019
5073
2 daqiqa o‘qiladi

Nukus garnizonida harbiylar oilalari uchun mini-futbol maydonchasi va tikuv sexi ochildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi Nukus garnizoni harbiy qismlaridan birida davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash doirasida yangi mini-futbol maydonchasi va tadbirkor ayol Gulshod Isakova rahbarligidagi “Bekajon” tikuv sexining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari va okrug qo‘mondonligi, tuman hokimiyat vakillari va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi. Marosimdan so‘z olgan mehmonlar harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini yangilik bilan qutlashdi. 

Mini-futbol maydonchasining barpo etilishi ayniqsa, futbolga qiziqishi bo‘lgan yoshlarni quvontirdi. Tikuvchilik sexi harbiy xizmatchilarning oilalarini ish bilan ta'minlashga xizmat qildi. Harbiy shaharchada maktabgacha ta'lim muassasasining barpo etilganiga  hali uncha ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lmasa-da, galdagi o‘zgarishlar harbiylarning oilalariga zavq ulashdi.  

Mudofaa vazirligidan tashrif buyurgan mas'ul ofitserlar marosim so‘ngida harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan harbiylarning oilalari sharoiti bilan yaqindan tanishib, mavjud muammolarni o‘rganishdi.

Mavzuga oid