O‘zbekiston | 15:29 / 16.08.2019
20852
3 daqiqa o‘qiladi

FXX: Rossiyaga 2019 yilning olti oyida 900 mingdan ortiq o‘zbekistonlik kelgan

Foto: Aleksey Filippov / RIA Novosti

Rossiya federal xavfsizlik xizmatining chegara xizmati 2019 yil boshidan buyon mamlakatga ishlash maqsadida kelgan xorij fuqarolari sonini ma'lum qildi, deb yozadi RBK.

FXX 2019 yilgacha mamlakatga kirayotgan xorijliklarni ro‘yxatga olishda statistika qo‘mitasining 2000 yildagi farmoniga asoslanardi. U «ma'nan eskirgan», chegara statistikasi esa batafsil ma'lumot bermasdi, chunki unda Rossiyaga ishlash maqsadida kelganlar haqida ma'lumot berilmasdi, deydi MDU iqtisodiy fakulteti aholishunoslik iqtisodiyoti laboratoriyasi mudiri Olga Chudinovskix. Yangilangan hujjatda Rossiyaga kirishdan maqsadi to‘ldiriladigan satrda «ish» va «o‘qish» satrlari paydo bo‘ldi.

Shu bilan birga, chegara xizmatidan olingan ma'lumotlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, deydi u. Chegara statistikasi xorij fuqarosining kirish-chiqish faktini qayd etadi. Agarda mehnat migranti chegaraga yaqin hududda yashasa va yil davomida chegarani o‘n marta kesib o‘tsa, chegarachilar o‘n birlik sifatida qayd etishadi, deb tushuntirdi Chudinovskix. IIV migratsiya boshqarmasi esa uni bir kishi sifatida qayd etadi, chunki mehnat migranti chegaradan har safar bir maqsadda o‘tib-qaytadi. 

FXX ma'lumotida qanday raqamlar aks etgan?

FXXning ma'lumot berishicha, 2019 yilning birinchi yarim yilligida Rossiyaga 2,4 mln xorijlik ishlagani kelgan.  

Ishlash uchun kelganlarning aksariyati MDH mamlakatlaridan. Bu boradagi birinchilik O‘zbekistonga tegishli – Rossiyaga olti oy ichida 918 ming o‘zbekistonlik ishlash uchun kelgan. Ikkinchi o‘rinda esa Tojikiston — 523,9 ming kishi, keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston — 265 ming, Ukraina — 164,6 ming, Qozog‘iston — 105,3 ming kishi.

Yanvar—iyun oylarida Xitoydan 50,2 ming, Germaniyadan 10,8 ming, Turkiyadan 10,2 ming, AQShdan 3,7 ming va Buyuk Britaniyadan 4,3 ming kishi ishlagani kelgan.

Rosstatga ko‘ra, 2019 yilda Rossiyaga jami 4,9 mln kishi kelgan, 4,8 mln kishi ketgan.

FXX statistikasi esa bir necha baravarga ko‘p — 32,6 mln kishi kelgan, 32 mln kishi tark etgan.

Mavzuga oid