Fan-texnika | 16:09 / 16.08.2019
7855
5 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlar orasida do‘stlarni fotosuratlar bo‘yicha qo‘shish imkoniyatini birinchilardan bo‘lib joriy etdi

Foto: Odnoklassniki

Neyrotarmoqlar negizidagi inson yuzini aniqlash texnologiyasi jarayonga to‘liq maxfiy tus beradi.

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i do‘stlarni qo‘shishning yangi usulini joriy etdi. Endi ijtimoiy tarmoqqa yangi do‘stni qo‘shish uchun uni suratga olish kerak, xolos. Bunda foydalanuvchilarning maxfiyligi ishonchli tarzda himoyalangan: do‘stning profili va ismi faqat u talabnomani tasdiqlaganidan so‘ng ochib beriladi. “Drujba po foto” (“Surat bo‘yicha do‘stlashish”) xizmatidan OKning mobil ilovasidagi “Drujby” (“Do‘stlashuvlar”) bo‘limida foydalanish, ya'ni kamerani yoqib, suratga olib, do‘stlar ro‘yxatiga qo‘shish uchun talabnomani bir klik orqali yuborish mumkin.

Odnoklassniki do‘stlarni qo‘shishning ushbu usulini taklif etgan birinchi ijtimoiy tarmoq bo‘ldi. Foydalanuvchilar o‘z yaqinlarini yanada tezroq topib, ularga hissiyotlarini ulashishi mumkin bo‘ladi. Uchrashish yoki tanishish vaqtida do‘stni qo‘shib qo‘yish uchun foydalanuvchilar profili havolasi bilan almashishi, ma'lumotlarni kiritishi, minglab familiyadoshlari orasidan do‘stlarini qidirishi, qidirish natijalarini yashash yoki o‘qish joyi bo‘yicha saralashi kerak bo‘lmaydi. Fotosuratga olish yetarli — ijtimoiy tarmoq do‘stlashish uchun talabnomani o‘zi avtomatik tarzda yuboradi. Ushbu holat muloqotni onlayn tarzda bir necha soniya ichida boshlash imkonini beradi.

Bunda do‘stning profiliga havola u talabnomani qabul qilganidan so‘ng yuzaga keladi, uning yuzini esa faqat real vaqt rejimida suratga olish mumkin bo‘ladi. Shunga ko‘ra, begona shaxslar fotosurat bo‘yicha do‘stlashishga harakat qilishda foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma'lumotni olishi yoki u aks ettirilgan fotosuratni yuklashi mumkin bo‘lmaydi.

Do‘stlarni fotosuratlar bo‘yicha qo‘shish xizmati asosini ijtimoiy tarmoqning neyrotarmoqlar va kompyuter ko‘rish qobiliyati negizidagi foydalanuvchilar fotosuratlarida inson yuzini aniqlash bo‘yicha xususiy texnologiyasi tashkil etadi. Odnoklassniki bir necha soniya ichida 99 foizdan yuqori aniqlikda do‘stlarni topish imkonini beradi. Texnologiyaning noyobligi shundaki, neyrotarmoqlar uyg‘unligi do‘stlashuv tashabbuskori uchun ehtimoli yuqori bo‘lgan nomzodni aniqlaydi.

Do‘stni hatto uning OKdagi profilida faqat eski fotosuratlar yuklangan bo‘lsa ham topish mumkin: texnologiya bo‘lgusi do‘stning  yuzini ilovada suratga tushishdan avvalgi vaqtga qadar ekstrapolyatsiya qiladi. Ushbu holatda, agar foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqda topilmasa, do‘stlashuv tashabbuskoriga tegishli xabarnoma yuboriladi.

Yangilanish OKning iOS i Android tizimlaridagi mobil ilovalari auditoriyasi qismi uchun tayyor: bir hafta mobaynida undan ilovaning oxirgi versiyasi foydalanuvchilari foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Foydalanuvchilar fotosuratlarida inson yuzini aniqlash texnologiyasi Odnoklassnikida 2018 yilda ishga tushirildi: ushbu xizmat foydalanuvchilar do‘stlarini ularning ijtimoiy tarmoqdagi profillarga yuklangan fotosuratlarida avtomatik tarzda qayd etadi.

Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining “Drujby”, “Lenta” va “Video” mahsulotlari bo‘yicha direktor:

Foydalanuvchilar fotosuratlarida inson yuzini aniqlash xususiy texnologiya yordamida biz OK xizmatlaridan foydalanish maxfiyligi va ularning qulayligini ta'minlagan holda do‘stlikni yaratish uchun mutlaqo yangi usulni taklif etishga muvaffaq bo‘ldik . Biz yangi do‘stni fotosurat bo‘yicha deyarli bexato aniqlay olamiz va shu bilan birga do‘stlashuv yuzasidan taklif qabul qilinguniga qadar uning ma'lumotlari maxfiyligini saqlaymiz. Yangi xizmat do‘stlar ro‘yxatiga qo‘shish jarayonini bir harakatgacha qisqartirish imkonini beradi va biz ijtimoiy tarmoqda muloqotni boshlashning bunday usuli kelgusida ko‘plab foydalanuvchilari uchun ustuvor bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Mavzuga oid