Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat sog‘liqni saqlash hisoblari milliy tizimi to‘g‘risida qaror qabul qiladi
Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash hisoblari milliy tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
sog‘liqni saqlash hisoblari milliy tizimi to‘g‘risidagi Nizom;
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash hisoblari milliy tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
sog‘liqni saqlash hisoblari bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi ekspert guruhi tarkibi tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Sog‘liqni saqlash hisoblari milliy tizimining (SSHT) asosiy maqsadi fuqarolar salomatligini muhofaza qilish bilan bog‘liq moliyaviy oqimlar va operatsiyalarning muntazam, har tomonlama va izchil statistik hisobi va monitoringini olib borish, sog‘liqni saqlash sohasida rejalashtirish va asoslangan strategik qarorlar qabul qilishga, shuningdek majburiy tibbiy sug‘urta dasturlari joriy etilishni qo‘llab-quvvatlash uchun sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlarni hisobga olish va daliliy bazani tashkil etishga yunaltirilgan sog‘liqni saqlash muassasalarining kelgusi xarajatlarini prognoz qilish hamda jahon tajribasida qo‘llanilayotgan vositalardan foydalanishdan iborat;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sog‘liqni saqlash tizimidagi davlat muassasalari, vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va korxonalarining tibbiy statistik, tibbiy-iqtisodiy va moliyaviy ma'lumotlarini to‘plash va tahlil qilish hamda boshqa vazirlik va idoralarning SSHT ma'lumotlarini jamlash va umumlashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi nodavlat tibbiyot tashkilotlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati davlat muassasalarining tibbiy-statistik, tibbiy-iqtisodiy va moliyaviy ma'lumotlar, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Bojxona Davlat qo‘mitasi fuqarolarning salomatligi bilan bog‘liq moliyaviy oqimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat korporatsiyalari va korxonalari, davlatning maqsadli fondlari, fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, shuningdek, boshqa davlat tashkilotlarining sog‘liqni saqlash hisoblariga oid moliyaviy ma'lumotlarini yig‘ish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nodavlat tibbiyot tashkilotlari va fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish hamda nodavlat tashkilotlarining sog‘liqni saqlash hisoblariga oid moliyaviy ma'lumotlarini yig‘ish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
sog‘liqni saqlash hisoblari bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi ekspert guruhi ushbu sohani muvofiqlashtirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat yurituvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Milliy SSHTni rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
sog‘liqni saqlash hisoblariga oid ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish metodologiya va texnologiyalarni, shuningdek sog‘liqni saqlash hisoblari Xalqaro klassifikatsiyalari, boshqa xalqaro klassifikatsiyalar va ma'lumotlar standartlari hamda tahlil qilish usullarini mahalliy sharoitga moslashtiruvchi normativ-xuquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
SSHTni shakllantirish va tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirishda manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
sog‘liqni saqlash muassasalari, fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha moliyalashtirish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning davlat va idoraviy tibbiy-statistik, tibbiy-iqtisodiy va moliyaviy hisobot shakllarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;
sog‘liqni saqlash tizimidagi davlat va nodavlat muassasalarini fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha moliyalashtirish va boshqa tashkilotlarning faoliyatini hamda moliyaviy oqimlarni monitoring qilish bo‘yicha yagona idoralararo tibbiy-statistik axborot tizimini ishlab chiqish;
har 3-5 yilda aholi salomatligini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan xarajatlarni hamda kasallanish va o‘lim holatlariga ta'sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash uchun bir necha tadqiqotlardan iborat bo‘lgan aholi va uy-joy xo‘jaliklariga oid tibbiy-ijtimoiy tadqiqotlarning bazaviy seriyasini o‘tkazish;
sog‘liqni saqlash hisoblari ma'lumotlari asosida tibbiy-iqtisodiy tahlil usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
SSHTning metodologiyalarini sog‘liqni saqlash boshqaruvida qo‘llash uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish.
Belgilanishicha, 2020 yil 1 yanvaridan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi sog‘liqni saqlash hisoblari bo‘yicha o‘ziga tegishli ma'lumotlarni yig‘ish va birlamchi tahlil qilish, Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘ziga tegishli ma'lumotlarni yig‘ish va birlamchi tahlil qilish hamda boshqa vazirliklarning birlamchi tahlillarini jamlash, umumlashtirish va umumiy tahlil qilish ishlarini olib boradi;
davlat va nodavlat sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqa tashkilotlar faoliyatlari, xarajatlari va moliyalashtirish bo‘yicha SSHTning hisobi va hisobotlar shakllari, sog‘liqni saqlash hisoblariga oid ma'lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish usullari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi;
mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq tibbiy-statistik, tibbiy-iqtisodiy va moliyaviy ma'lumotlarni vakolatli davlat organlariga o‘rnatilgan tartibda topshiradilar;
mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, sog‘liqni saqlash xizmatlarini ko‘rsatadigan, moliyalashtirish va tibbiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarning rahbarlari taqdim etiladigan tibbiy-statistik, tibbiy-iqtisodiy va moliyaviy ma'lumotlarning haqqoniyligiga, ularni yig‘ish va o‘z muddatida vakolatli davlat organlariga taqdim etishga shaxsan javobgar hisoblanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2020 yil 1 yanvaridan boshlab Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy statistika va sog‘liqni saqlash hisoblari xizmati bo‘yicha yangi shtat normativlari joriy etiladi, shtat jadvallariga quyidagi lavozimlar kiritiladi:
vrachlik lavozimlari 25,0 stavkadan ortiq bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalarida hamda barcha davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati muassasalarida tashkiliy-uslubiy ishlari, tibbiy-statistika va sog‘liqni saqlash hisoblari bo‘yicha rahbarning muovini hamda vrach statistik va tibbiy statistik (o‘rta tibbiy xodimlari) lavozimlari;
10,0 stavkadan 25,0 stavkagacha vrachlik lavozimlari mavjud bo‘lgan sog‘liqni saqlash muassasalarida vrach statistik hamda tibbiy statistik lavozimlari;
boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy statistik lavozimlari.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2021 yil 1 yanvaridan boshlab, har yili tibbiy-ijtimoiy tadqiqotlarning bazaviy seriyasini o‘tkazilishi ta'minlanadi.
Tibbiy statistika va sog‘liqni saqlash hisoblari xizmatini malakali kadrlar bilan ta'minlash maqsadida tibbiy statistika va milliy SSHTni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni ta'minlash uchun Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti qoshida rejali budjet mablag‘lari doirasida doimiy ravishda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025