Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik ayol bir yarim kilometr balandlikdan qulab tirik qoldi
Kanada sharqida 30 yoshli ayol parashyutda muvaffaqiyatsiz sakraganidan keyin omon qoldi, deb xabar berdi Newsweek.
Voqea Trua-Rivere shahrida sodir bo‘lgan. Ayolning parashyuti ochilmay qolgan, u zaxira parashyutdan foydalanishga uringan, aksiga olib bunisi ham ochilmagan.
Ayol o‘rmonga qulab, daraxtlar shoxiga ilinib qolgan. U hozirda ko‘plab sinish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mahalliy politsiyachilarning aytishlaricha, u ilgari ham parashyutda ko‘p sakrashlarni amalga oshirgan.
Mavzuga oid
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026