Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada Donbass osmonida urib tushirilgan «Boing» ishi bo‘yicha sud jarayonini to‘xtatib turishni so‘rashmoqda
Malayziyaning uchta nohukumat tashkiloti Donbass osmonida urib tushirilgan «Boing» MRN17 ishi bo‘yicha sud jarayonini to‘xtatib turishni so‘radi. Bu haqda The Star gazetasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Perdana fondi, Adolatli dunyo uchun xalqaro harakati (JUST) hamda Global Research tashkiloti Malayziya va Niderlandiya bosh vazirlariga murojaat qilib «ko‘plab muhim savollarga javob olinmagani» uchun sud jarayonini noma'lum muddatga qoldirishni so‘radi.
16 avgust kuni «Boing» qulashi ishini o‘rganayotgan germaniyalik xususiy detektiv Yozef Resh ushbu halokat bo‘yicha yangi ma'lumotlarni berishga tayyorligini bildirdi. Uning advokati maktubida yozilishicha, avvalroq Resh bu ma'lumotlarni jahon OAVlari ishtirokida tergovchilarga berishga uringan va tergovchilarning rad javoblaridan hayratda qolgan.
Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchayotgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga qarashli «Boing-777» samolyoti 2014 yil 17 iyulda Donetsk oblastida halokatga uchragan. Samolyotda bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Xalqaro tergov samolyot «Buk» raketa majmuasi tomonidan urib tushirilgan degan xulosaga kelgan.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026