Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda 3 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan. TIV ularning holati haqida ma'lumot berdi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yilning 16 avgust kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv natijasida O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi travmatik quroldan jarohatlangan. Ulardan biri I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga joylashtirilgan. Sog‘ligi holati o‘rta darajada og‘ir deb baholanmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.
«Bosh konsulxona tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda oblasti) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49», deyiladi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalroq, Peterburgda O‘zbekiston va Ozarboyjon fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:30 / 21.10.2024
Sankt-Peterburgda UUA urib tushirilganidan keyin yuzlab uylar «svet»siz qoldi
10:15 / 24.06.2024
Peterburgda Prigojinning «trollar fabrikasi» sobiq rahbari ushlandi
13:13 / 28.05.2024
Yangi Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Sankt-Peterburg nomi beriladi
07:52 / 18.05.2024