Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda O‘zbekiston va Ozarboyjon fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Sankt-Peterburgdagi bozorda travmatik qurol ishlatish holati kuzatilgan ommaviy mushtlashuv yuz berdi, uch ishtirokchi jarohat oldi. Bu haqda TASS Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar kasalxonaga olib ketilgan. Ta'kidlanishicha, savdo joyi uchun kelib chiqqan bahs mojaroga sabab bo‘lgan.
«Svobodnaya pressa» xabariga ko‘ra, mushtlashuvda umumiy soni kamida sakkiz kishidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston va Ozarboyjon fuqarolari ishtirok etgan.
Politsiyadan ma'lum qilishlaricha, mojaro davomida travmatik qurol ishlatilgan. «Fontanka»ning yozishicha, janjal ishtirokchilaridan biri raqiblariga bita bilan hujum qilgan.
Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
22:08 / 18.05.2026