Jahon | 20:39 / 20.08.2019
9774
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon yangi raketa ishlab chiqarishni boshlaganini e'lon qildi  

Foto : pentagon.afis.osd.mil

AQSh 2019 yil fevralda O‘rta va kichik masofalardagi raketalarni yo‘q qilish bitimidan chiqqandan keyin yangi raketa ishlab chiqarishni boshlagan. 

Pentagon matbuot xizmati vakili Robert Karverning ma'lum qilishicha, yangi ballistik raketa qurollanishga bir necha yildan keyin olinadi.

Ta'kidlanishicha, yangi qurol turlarining ishlab chiqarilishi “Rossiya tomonidan bitimning buzilishiga javob” hisoblanadi.

Karverning aytishicha, yangi tizimni joylashtirishga tayyorlashga bir necha yillar talab qilinadi, chunki bu yo‘nalishdagi ish endi boshlangan.

Avvalroq AQSh Kaliforniyadagi San-Nikolas orolida noyadroviy konfiguratsiyadagi yangi qanotli raketa sinovini o‘tkazdi. Bunday turdagi raketalar ishlab chiqarilishi O‘rta va kichik masofalardagi raketalarni yo‘q qilish bitimi bilan taqiqlangan, biroq AQSh 2 avgustda ushbu raketa dasturiga qaytishini e'lon qilgan. 

Mavzuga oid