Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya telekanallarida O‘zbekiston madaniyati va turistik maskanlari to‘g‘risida ko‘rsatuv namoyish etildi
Indoneziyaning «Ratih TV» va «Geopark» telekanallarida O‘zbekiston madaniyati va turistik maskanlari to‘g‘risida ko‘rsatuv namoyish etildi.

22 avgust kuni namoyish etilgan «Jelajah Negeri: Explore Uzbekistan» (Mamlakat bo‘ylab sayohat: O‘zbekistonni kashf et) deb nomlangan ko‘rsatuv O‘zbekistonning Jakartadagi elchixonasi hududida suratga olingan bo‘lib, bir soatu 20 daqiqa davom etdi.
Qayd etish joiz, Indoneziyada O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari keng ommalashmoqda. Yaqinda Indoneziyaning 7ta radiostansiyasi jonli efirida O‘zbekistonning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus tok-shou o‘tkazildi.

Joriy yilning 1 mayidan Toshkent va Jakarta o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan. Aviaqatnov joriy etilganidan buyon O‘zbekistonga tashrif buyuradigan indoneziyalik turistlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravarga oshdi. Indoneziya fuqarolarining O‘zbekistonga qiziqishi ortishi hisobga olinib, bu raqam yaqin vaqt ichida yanada o‘sishi kutilmoqda.



Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026