Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada G7 sammiti boshlandi
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron "Katta yettilik" davlatlari rahbarlariga qutlov so‘zi bilan G7 sammitini ochib berdi.
Makron sammit oldidan tvitterda G7 davlatlari o‘z fuqarolari xavfsizligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va tengsizlikka qarshi kurashish uchun bor kuchlarini sarflashiga va'da bergandi.
Yevrokengash raisi Donald Tusk sammit oldidan bu uchrashuv "ozod dunyo va uning yetakchilari birligi va hamjihatligining murakkab sinovi" bo‘lishini bildirdi. U shuningdek, G7 davlatlari rahbarlarini savdo urushlarini to‘xtatishga chaqirdi.
Sammit Fransiyaning janubi-g‘arbidagi Biarrits shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat va hukumat rahbarlari jahon iqtisodiyoti, savdo, xalqaro xavfsizlik va boshqa masalalarni muhokama qilishadi.
Sammit doirasida davlatlar rahbarlarining ikki tomonlama muzokaralari ham bo‘lib o‘tadi.
Erondagi vaziyat, Hongkongdagi namoyishlar, Suriyadagi nizo, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik muhokama qilinadigan xalqaro mavzular markazida bo‘ladi.
Bundan tashqari, sammit arafasida 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan sammitga Rossiyani taklif qilish masalasi muhokamaga sabab bo‘lgandi. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, Biarritsdagi sammitda ushbu mavzu ko‘tarilishi mumkin.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026