Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hizbulloh» Isroilga yashirin zarba berishga va'da berdi
Livanning «Hizbulloh» harakati urushning oldini olish uchun Isroilga qandaydir aniq zarba berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.
Nashrning ta'kidlashicha, rejalashtirilayotgan zarba «Hizbulloh»ning Isroil aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan 2 a'zosi uchun javob bo‘ladi. Manbalardan birining ta'kidlashicha, javob zarbasi «Hizbulloh» ham, Isroil ham istamayotgan katta ko‘lamli urushga olib kelmaydigan qilib amalga oshiriladi”. Biroq aytilishicha, zarbaning real oqibatlarini aytish qiyin.
25 avgustda Isroilning Suriyaga va taxminlarga ko‘ra, Livan va Iroqqa bergan raketa zarbalari arab davlatlarida qurollangan ixtilof boshlanishini e'lon qilish deb qabul qilingan. Isroil o‘z navbatida hujum ogohlantiruvchi bo‘lgani va Livanning Bayrut shahri ustida Eronning Isroilga qarshi qo‘llangan parvoz qurilmalari tushgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026