AQShdagi Purdue Pharma farmatsevtika kompaniyasi da'vogarlarga 10 mlrd dollardan ortiq pul to‘laydigan bo‘ldi
Amerikaning Purdue Pharma farmatsevtika kompaniyasi va uning egalari – multimilliarder Saklerlar oilasi kompaniya ishlab chiqaradigan "OksiKontin" (OxyContin) preparati bilan bog‘liq da'volar bo‘yicha suddan tashqari kelishuvga erishishga qaror qildi. The Guardian gazetasining xabar qilishicha, gap AQShdagi ikki mingdan ortiq fuqaroning 10-12 mlrd dollar miqdoridagi da'vosi haqida bormoqda.
Purdue Pharma AQShni qamrab olgan oipoid inqirozi bilan bog‘liq mojaro markazida qoldi. Kompaniyani ushbu inqirozda ayblashmoqda: keyingi 20 yil ichida opioidlardan 400 mingdan ortiq amerikalik halok bo‘lgan. Preparatlarni suiiste'mol qilishdan har kuni 130 kishi o‘ladi.
Farmatsevtika kompaniyalarini tarkibida opioid bo‘lgan preparatlarning nojo‘ya ta'sirlarini shifokorlardan yashirishda yoki bunga ko‘z yumishga undashda ayblashmoqda. Lobbistlar shifokorlarni ana shunday dorilarni ko‘proq yozib berishga ko‘ndirishmoqda, bemorlar esa bu dorilarga "o‘tirib" qolishmoqda.
OAVning yozishicha, Saklerlar oilasi Purdue Pharma kompaniyasini boshqarishdan voz kechadi va o‘z yonlaridan 3 mlrd dollar to‘laydi. Kompaniya boshqaruv shakli ham o‘zgaradi hamda daromadlar da'vo summalarini to‘lashga sarflanadi.
Avvalroq Johnson&Johnson kompaniyasi opioid inqirozida ayblanib, 572 mln dollar jarima to‘lashga hukm qilingandi.
Mavzuga oid
11:40 / 16.10.2024
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
20:04 / 14.10.2024
Chilonzorda salkam 44 ming dollarga qalbaki dori sotganlar ushlandi
23:02 / 10.10.2024
Britaniya kompaniyasi Zantac dorisi tufayli kiritilgan da’volarga 2,2 mlrd dollar to‘laydi
23:11 / 27.09.2024