Fan-texnika | 17:12 / 28.08.2019
7968
4 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassniki O‘zbekistonda tezroq ishlay boshlaydi

Foto: Odnoklassniki

Ijtimoiy tarmoq o‘z xizmatlaridan foydalanish tezkorligini yaxshilash uchun O‘zbekistonda CDN-serverlarni joylashtirdi.

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i Metrotelecom kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda CDN-serverlarini joylashtirdi. Ushbu serverlar OK foydalanuvchilar uchun mamlakat hududida xizmatlar faoliyati sifatini yaxshilashga yordam beradi. Xususan, foydalanuvchilar yuqori tezlikda video tomosha qilishi, fotosuratlar yuklashi va musiqa tinglashi mumkin bo‘ladi, chunki ijtimoiy tarmoq serverlari ularning hududlarida joylashgan bo‘ladi.

OKning apparat-texnik CDN yechimi foydalanuvchilar faolligi o‘sishini qondirish va yangi mahsulotlar joriy etish bo‘yicha zarur funksionalni ta'minlash qobiliyatiga ega.

Odnoklassniki ma'lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning O‘zbekistondagi oylik auditoriyasi 2 milliondan ortiq noyob foydalanuvchilarni tashkil etadi, ularning 25 foizi esa Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Buxoro shaharlari esa eng ko‘p OK foydalanuvchilari yashaydigan shaharlar orasidan o‘rin olgan. Auditoriya o‘zagini yoshi 18 dan 30 gacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

Odnoklassniki o‘zining xususiy apparat-texnik CDN yechimidan 2014 yildan buyon foydalanib kelmoqda. CDN-uzellar ham Rossiyada, ham foydalanish faolligi ko‘p bo‘lgan MDH davlatlarida joylashgan. O‘zbekiston OK ushbu texnologiyani amalga oshirgan to‘qqizinchi davlat bo‘ldi.

Uzelning ishga tushishi ishlangan texnologiya bo‘yicha amalga oshirilib, ijtimoiy tarmoq faoliyatini buzmaydi. Bunda uzel ishga tushirilganidan so‘ng foydalanuvchilar farqni darhol ko‘radilar – og‘ir deb atalmish kontent (foto, video, musiqa) tezkor ravishda yuklanadi va qayta ishlanadi.

Aleksey Kashevarov, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori:

– O‘zbekiston MDH davlatlarida OK auditoriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchilar qatoridan o‘rin egallaydi Mediaiste'mol O‘zbekistonlik foydalanuvchilar orasida yil sayin faqat o‘sib bormoqda. Shu tariqa, O‘zbekistonda oxirgi yil ichida Odnoklassnikining musiqa servisi auditoriyasi 49 foizga o‘sdi. Shuningdek, o‘yin platformasi ham o‘sib bormoqda – mobil o‘yinlar auditoriyasi 2,3 baravar o‘sdi. Foydalanuvchilar videokontentdan faollik bilan foydalanib bormoqda, ayni paytda ko‘rsatkichlar darajasi oyiga 215 million tomoshani tashkil etadi. Shu bilan birga O‘zbekistondagi internetga ulanish tezligi yaqin kunlarga qadar OK auditoriyasiga faollik bilan fotosuratlar yuklash, musiqa tinglash va video ko‘rish imkonini bermagan. CDN uzellarini ishga tushirish ushbu muammoni hal etadi va bizning foydalanuvchilarimiz yanada tezroq va cheklovlarsiz video tomosha qilishi va sevimli musiqa tinglashi mumkin bo‘ladi. Ishonchimiz komilki, OK xizmatlaridan foydalanish yaxshilanishi munosabati bilan auditoriyamiz do‘stlar va yaqinlar bilan hissiyotlarni almashish hamda qiziqarli kontentni ulashish mumkin bo‘lgan maydoncha sifatidagi ijtimoiy tarmoq imkoniyatlarini baholaydi.

Olimxon Olimov, METROTELECOMning strategik rivojlanish bo‘yicha direktori:

- METROTELECOM va OK jamoalari imkon qadar qisqa vaqt ichida, bizning mamlakatimizda ijtimoiy tarmoq CDN serverlarini ulash uchun milliy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihani mubolag‘asiz amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Internet tezligini oshirish bilan bog‘liq tashabbusi, shu jumladan bizning Odnoklassniki bilan loyihamizda amalga oshirildi. Endilikda hamyurtlarimiz o‘zlarining sevimli ijtimoiy tarmoqlaridan yanada tezroq foydalanishlari mumkin, biz esa telekommunikatsiya va ma'lumotlar uzatish sohasidagi bozor peshqadamlaridan biri sifatida, CDN texnologiyasi orqali O‘zbekiston hududidagi kontent va trafikni mahalliylashtirish uchun yanada ommabop Internet-maydonlarni jalb qilamiz.

Mavzuga oid