Jamiyat | 16:29 / 28.08.2019
9145
4 daqiqa o‘qiladi

Sh. Rashidov tumanida «Kitob olami» savdo majmuasi ochildi

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida «Kitob olami» savdo do‘koni va “ Elektron halq kutubxonasi”ning ochilishi mustaqillikning 28 yillik tantanalariga munosib sovg‘a bo‘ldi. Ta'kidlash joiz, ushbu do‘konda ijtimioiy-siyosiy, ma'naviy –ma'rifiy, adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti, darsliklar kabi bo‘limlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 200 nomdagi jami 8 mingdan ziyod kitob joy olgan. Eng qizig‘i bu yerga  tashrif buyurgan maktab o‘quvchilari va kitobxonlar uchun bolalar burchagi va kafe ham mavjud.

 

Tuman markazidagi “Xotira Bog‘i” da tashkil etilgan “Elektron halq kutubxonasi”da  5 mingdan ziyod kitobni  internet orqali bemalol  mutolaa qilish mumkin.

Tantanali tadbirda Sh.Rashidov tumanida yashab o‘tgan, har ishda namuna va o‘rnak bo‘lgan, fidoyi va mehnatkash insonlar xotirasiga bag‘ishlangan  “Qalblarda yashayotgan odamlar ” xotira kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu xotira kitobida tilga olingan insonlarning farzandlari va yaqinlari ham tadbirga taklif etildi.

“Halq hofizi marhum Orifxon Xotamov asl Jizzaxlik ekanliklarini ko‘pchilik bilmasa kerak. O‘zbek maqom san'atining ustasi, buyuk hofizning ushbu kitobga kiritilishi biz shogirdlarini benihoya shod etdi. Bastakor va maqom ustasi Orifxon Xotamovning halqimiz uchun qilgan xizmatlari beqiyos, kitobda u kishining hayoti va faoliyati bilan bog‘liq bir qator ma'lumotlarni kiritilishi kelajak avlod uchun nihoyatda muhim. Tadbirda ularning farzandlari yaqinlari va shogirdlari tomonidan tilga olingan ustozning  hayot tarzi, ish faoliyati bilan bog‘liq qiziq va tarbiyaviy ahamiyatga ega voqea va hodisalar bir umr saboq bo‘lib qoladi. Ularning xizmatlari hech qachon unutilmaydi”, - deydi Xalq Hofizi Beknazar Do‘stmatov.

“Ta'kidlash joiz, bugun respublikamizning barcha umumta'lim maktablarida san'at, musiqa va sportga  qiziquvchi yoshlardan iborat havaskorlik jamoalari tashkil etilayotir. Besh muhim tashabbus doirasida olib borilayotgan tahsinga loyiq ishlar, ijodkor va iqtidorli yoshlarning safi kengayayotganligi quvonarli. Ayniqsa, maqom san'atiga qiziquvchilar soni ko‘payib borayotgani tahsinga loyiq. Bugun tumanda tashkil etilgan “Dutorchi qizlar” jamoasi ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar, rubobchi yigitlarning chiqishlari va klassik ijrolar juda yoqdi. San'atga oshufta yoshlarimizning qiziqishlari o‘y-fikrlari orzu va havaslari bizni hayajonga soldi, niyatimiz Jizzaxdan buyuk va dunyoga mashhur san'at arboblari yetishib chiqsin”-deydi O‘zbekiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva.  

Tadbir so‘ngida eng namunali havaskorlik jamoalariga va iqtidorli yoshlarga Sh.Rashidov tumanidagi  4 ta sektor vakillari tomonidan 100 millionlik musiqiy asbob va sport anjomlari va homiylik sovg‘alari topshirildi.

Mavzuga oid