Mudofaa vazirligi harbiylari fuqarolarga bayram sovg‘asi taqdim etmoqda
Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan shodiyonalar yurtimizning barcha go‘shasida ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham munosib ishtirok etmoqda.
Poytaxtdagi “Xalqlar do‘stligi” san'at saroyi maydoni, “Toshkent metropoliteni”, “Samarqand darvoza”, “Mega-planet, “Ekobozor” savdo markazlari va dehqonchilik bozorlarida hamda “Amir Temur xiyoboni, “Ashxobod”, “Anhor-Lokomotiv”, “G‘afur G‘ulom” sayilgohlarida Mudofaa vazirligi Markaziy ashula va raqs ansambli, maxsus avariya tiklash boshqarmasining «Impuls» harbiy vokal ansambli va Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri kechki sayrga chiqqan poytaxtimiz ahli va mehmonlariga o‘zining diltortar taronalari bilan bayramona kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘l jangi ko‘rgazmalari ham namoyish etildi.
Mudofaa vazirligi tomonidan bu kabi bayramona tadbirlar 2 sentyabrga qadar har kuni kechki paytda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
18:22 / 18.08.2024
Tergov Shoyguning sobiq o‘rinbosarining boshqa jinoyatlarga ham aloqadorligini tekshiradi
18:32 / 13.08.2024