O‘zbekiston | 11:55 / 30.08.2019
10413
5 daqiqa o‘qiladi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalari joriy etiladi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati cheklangan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini talab mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish, ularni ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab- quvvatlashning yangi vositalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vaziriligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Savdo sanoat palatasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati cheklangan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini joriy etish to‘g‘risida quyidagi:

talab bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish;

tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatish;

tadbirkorlarni qonunchilik, yangi texnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashni (bepul telefon va onlayn-maslahat xizmatlari, o‘quv markazlari, biznes - inkubatorlar, axborot xizmatlari va boshqalar) tashkil etish takliflari ma'qullanishi mumkin.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini ijro etish bo‘yicha:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi;

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini joriy etish bo‘yicha hududiy komissiyaning namunaviy tarkibi;

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini joriy etish bo‘yicha maxsus komissiya namunaviy tarkibi tasdiqlanadi.

“Mikrokreditbank” ATB va “Xalq banki” ATBlarga “oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ilgari berilgan kreditlar hisobiga bo‘shaydigan mablag‘larni joylashtirib, bozor sharoitlariga yaqin stavkalarda ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bank foiz marjasining 5 foizini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga o‘tkazilishi belgilab qo‘yiladi.

2020 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlariga Jamg‘armadan subsidiya mablag‘lari ajratilishi belgilab qo‘yiladi:

a) talab bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘nalishida har bir fuqaro uchun bir oyga:

o‘qitish xarajatlariga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida;

o‘qitish jarayonida yotoq va oziq ovqat bilan ta'minlash xarajatlariga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

b) tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatish yo‘nalishida bir fuqaro uchun bir oyga o‘qitish jarayonida yotoq va oziq ovqat bilan ta'minlash xarajatlariga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

v) tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa xarajatlariga har bir fuqaro uchun bir martalik bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yangi vositalarini amalda joriy etishga quyidagilar mas'ul etib belgilanadi:

talab bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘nalishiga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Agentlik;

tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatish hamda tadbirkorlarni qonunchilik, yangi texnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashni (bepul telefon va onlayn-maslahat xizmatlari, o‘quv markazlari, biznes-inkubatorlar, axborot xizmatlari va boshqalar) tashkil etishga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Agentlik.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2019 yil 1 oktyabrga qadar mahalliy budjetda qo‘shimcha manbalardan shakllangan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining tuman va shahar tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlarini bino va inshootlar hamda zarur jihozlar bilan ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid