Jamiyat | 15:58 / 31.08.2019
20369
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi baxsiz hodisa tufayli hayotdan ko‘z yumdi

Foto: ROKemergency

O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 30 avgust kuni Chungnam provinsiyasida (Koreya Respublikasi) ish joyida sodir bo‘lgan baxsiz hodisa tufayli O‘zbekiston fuqarosi X.S. vafot etgan.

TIV xabariga ko‘ra, elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid