Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putin bilan «normand formati» doirasida uchrashishga kelishib olganini ma'lum qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «normand formati» sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olganini bildirdi.
«Biz bu borada ikkinchi suhbatimizda gaplashdik va uchinchi muloqotimiz «normand formati»dagi yuzma-yuz uchrashuvda bo‘ladi, biz buni rejalashtirganmiz»,— dedi u «1+1» telekanaliga bergan intervyusida.
Zelenskiyning fikricha, G‘arb yetakchilari ishtirokida «kelishuv va imzolashlar» bo‘lib o‘tishi mumkin.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron sentyabrda oliy darajadagi «normand to‘rtligi» (Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ukraina) uchrashuvi o‘tkazilishini ma'lum qilgandi. U uchrashuvning aniq muddatini aytmagan, Putin va Zelenskiy bilan sammit rejasini muhokama qilganini bildirgandi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026