Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Markaziy qo‘mondonligida O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi nishonlandi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yillik bayrami munosabati bilan Florida shtatining Tampa shahrida joylashgan AQSh Markaziy qo‘mondonligida rasman faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan tantanali tadbir tashkil etildi.
Unda AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbariyati hamda u yerda hamkorlik faoliyatini yuritayotgan 50 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
Tadbirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakili podpolkovnik Umid Ahmedov mustaqillikka erishish uchun O‘zbekiston bosib o‘tgan yo‘l va bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.
Ishtirokchilar uchun o‘zbekistonlik harbiylar tomonidan tashkil etilgan o‘zbek milliy taomlaridan iborat bayram dasturxoni barchaning e'tirofiga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, bayram davomida o‘zbek xalqining madaniyati, qadriyatlari, milliy liboslari, jumladan, atlas, adras, to‘n, do‘ppi va milliy naqshlar bilan bezatilgan hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbariyatining fikricha, ushbu tadbir O‘zbekistonning yuqori madaniyati, milliy qadriyatlarga ega ekanini, merosi va imijini yana bir bor tasdiqladi hamda AQSh bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlanishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
03:54 / 01.01.2026