Asaka bankning Oltiariq filiali xodimlari tomonidan millionlab mablag‘lar talon-toroj qilindi
«Asaka bank» aksiyadorlik tijorat banki Oltiariq filiali kredit bo‘limi sobiq boshlig‘i O.O. uch nafar xususiy tadbirkorlarning nomidan soxta hujjatlar rasmiylashtirilib, ularga ajratilgan 600 million so‘m kredit mablag‘larini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Natijada tadbirkorlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
Shuningdek, «Asaka bank» ATB Oltiariq filiali kredit bo‘limi sobiq mutaxassisi S.N. tumanda yashovchi fuqarolarga 11ta holatda ularning xabardorligisiz 177,8 million so‘mlik imtiyozli kreditlarni ajratib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
«Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 167-moddasi 3 qismi «a» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov davomida ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergovni Farg‘ona viloyati prokuraturasi olib bormoqda, hozirgi vaqtda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga oshirilish arafasida», - deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i Hayotbek Shamsutdinov.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, bank mas'ul shaxslarida to‘lov muddati kelgan kredit foizlarining o‘z vaqtida qaytmayotgani shubha uyg‘otgan. Bankning tegishli mansabdor va vakolatli shaxslari tomonidan ushbu holat bo‘yicha bir muddat avval ichki tekshiruvlar o‘tkazilgan. Natijada barcha holatlar aniqlashtirilib tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga xabar qilingan.
Mavzuga oid
14:42 / 28.09.2024
Farg‘onada erkak qarindosh ayolni do‘pposladi
09:28 / 03.09.2024
“Qopga tuproq-loy solib, tepalikka tashirdik” – Katta Farg‘ona kanali qazilishida qatnashgan 109 yoshli Shahrixon momo
10:53 / 24.03.2024
“Tuproqni qoplarga solib tashirdik” – Katta Farg‘ona kanali qazilishida ishtirok etgan 111 yoshli Salimaxon momo hikoyasi
13:22 / 03.03.2024