Nazira opa Qambarova Oltiariq tumanining Povulğon qişloğidan. U yuk maşinasida issiqxonada yetiştirgan gullarni atrofdagi bozorlarga tarqatadi. Gulçi opa işi yurişib ketganidan Rossiyada muhojirlikda yurgan turmuş örtoği va öğlini yoniga çaqirib oldi.

Gulçi opa tomorqasida qad rostlagan 2 sotix issiqxonada 10 xildan ortiq gul parvarişlaydi. Uning yuk maşina boşqarişi köpçilikni hayratga soladi:

“Aslida gulçilik bilan şuğullansangiz, zerikmaysiz. Zerikib qolsam, issiqxona içida musiqani qöyib, raqs tuşib olaman-da, yana işimni davom ettiraveraman. Gullar beparvolikni yoqtirmaydi. Ularga doim mehr berib turiş kerak. Özimning asl soham hamşiralik. Gulçilik qöşimça iş. Yetiştirgan gullarimning hammasini ham uyda sota olmayman.

Gullarni “Ford”ga yuklab, atrofdagi bozorlarga tarqataman. Ayol kişi bölsam ham yuk maşinasini yaxşi boşqara olaman. Yölda “GAI”lar töxtatişadi. Boşqaruvda ayol kişi ötirganini körib hayron bölişadi. “Ayollarda içkilik bölmaydi. Qoidani yaxşi bilamiz. 50-60 tezlikdan ötmayman. Yöl harakati qoidalariga qat’iy amal qilib yuraman”, desam, “opa, gazini bosing”, deyişib, hurmatimni joyiga qöyib, oq yöl tilaşadi. Dastlab “Ford” haydab maşina boşqarişni örganganman. Uni boşqariş men uçun juda oson.

Işimdan doim zavqlanaman. 55 yoşga kirdim. Lekin hali ortga çekiniş yöq. Endi bundan-da katta maşinalar boşqarib, jahon bozorlariga özim yetiştirgan gullarni olib boriş niyatim bor.

95 yoşga kirgan keksa qaynotam biz uçun davlat. Barakamiz, rizqimiz, yutuğimiz ham şu otaxonning duosi bilan. Qaynotam menga doim dalda berib turadi”, deydi Nazira opa Qambarova.