Kun.uz avvalroq Farğona viloyati Oltiariq tumani Zilol mahallasida yaşovçi Rözixon Haydarova va uning turmuş örtoği Ğulomjon Haydarov haqida material e’lon qilgandi. Rözixon opaning aytişiça, videolavhadan söng köplab özbekistonliklar oila holidan xabar olişga kelişgan. Ular orasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham bor. U xonadonda bölib, uyni ta’mirlaş va yangi imoratni bitkaziş beriş böyiça mas’ullarga topşiriq bergan.

“Hokimning uyimizga kelib biz bilan uçraşişi yetti uxlab tuşimga ham kirmagandi. Çala qolgan imoratim ham bitadigan böldi”, – deydi Rözixon opa.

Rözixon opa tarmoqlarda maşhur bölib ketganidan hayratlangani, uyiga viloyat hokimining kelişi esa kutilmagan sovğa bölgani haqida sözlab berdi:

“Kun.uz’ga qoyil qoldim, rosti. Oilamiz haqidagi lavha butun internetga tarqabdi. Juda köpçilik kelib biz bilan suhbatlaşib ketdi. Eng quvonarlisi, uyimizga Xayrullo Bozorov kirib keldi, hayron qoldim. Viloyat kattasi yaşaş tarzimiz, kunlik qilayotgan mehnatimizni körib tasannolar aytdi.

Ustalar kelib uyimizni ta’mirdan çiqarib berişdi. Viloyat hokimi hali bitmagan imoratimizning qolgan qismini ham bitkazib berişga va’da berdi. Bundan barçamiz xursand böldik.

Kuni keça turmuş örtoğimning tavallud topgan kuni edi. Oltiariq tumani madaniyat bölimidan sovğa-salomlar bilan kelişib musiqiy çiqişlari bilan tabriklab ketişdi.

Turmuş örtoğim har kuni telefonimga işora qilib oilamiz haqidagi lavhani qöyib bering, deb imo-işora qilyapti. Videoni qayta-qayta körib quvongandan quvonyapti. Tovuqlarim ham maşhur bölib ketdi. Tuxumidan sotasizmi, deb keluvçilar köpaydi”, – deydi Rözixon opa.