Nafassiz hayot yöq. Bu kundek ravşan. Ammo inson organizmida şunday moddalar borki, ularsiz nafasning özi ham keraksizga aylanadi. Ulardan biri — gemoglobin.
Qon tarkibidagi oqsillar şunday ataladi. Uning asosiy vazifasi nafas oliş jarayonida qabul qilingan kislorod molekulalari bilan birlaşib ularni qon tomirlari böylab taşib, organ va töqimalarga yetkazib berişdir.
Gemoglobinning ikkinçi, ammo birday muhim bölgan vazifasi — kislorod yetkazib beriş jarayonida töqimalardagi karbonat angidrid gazini yiğib, teskari tomonga ya'ni öpkaga taşiş. Biz nafas olamiz va bizning organlarimiz hayotiy faoliyatni davom ettirişi uçun zarur bölgan kislorodni qabul qiladi. Biz nafas çiqaramiz va töqimalarda paydo bölgan karbonat angidrid gazini tozalaymiz. Gemoglobinlarsiz tölaqonli nafas oliş-qaytariş işi ilojsiz bölib qoladi.
Gemoglobin yetişmovçiligini qanday aniqlaş mumkin?
Agar uşbu oqsil miqdori kam bölsa, Tana kislorodga töyinmaydi. Yurak, miya, boşqa organlar gipoksiyadan aziyat çekişni boşlaydi, bu ularning işlaşi va umumiy his qiliş holatiga salbiy ta'sir körsatadi. Anemiyaga (gemoglabin yetişmovçiligi şunday ataladi) xos alomatlar paydo böla boşlaydi:
- Özingizni holsiz sezasiz. Xuddiki, sizda odatiy işlarni qilişga ham kuç qolmagandek.
- Biror iş boşlasangiz, tez çarçaysiz.
- Fikrlaşda oqsayotganingizni sezasiz.
- Boş aylanişi köpayadi.
- Juda rangpar bölib qolganingizni aytişadi (yoki özingiz sezasiz).
- Milklardagi rangi öçganlik alohida aks etadi — ularda oç puşti, oqqa moyil rang paydo böladi.
- Sizda nafas qisişi oson va tez-tez sodir böladi.
- Yurak urişingiz tezlaşib borayotganini sezib turasiz. Yoki ba'zida yurak zarbalar qabul qilayotganday tuyiladi.
Darhol ma'lum qilamiz: agar özingizda gemoglabin miqdori kamayganidan şubhalanayotgan bölsangiz, terapevtga uçraş zarur. Şifokor körikni yakunlab, katta ehtimol bilan, sizga qon tahlilini topşirişni maslahat beradi. Bu sizdagi alomatlarni nima qözğatganini aniqlaş uçun kerak böladi: bu rostdan ham gemoglobin miqdori kamayişimi yoki boşqa kasallikmi? Masalan, yurak-qon tomir kasalliklari anemiya alomatlari bilan niqoblanişi mumkin va ularni ötkazib yubormaslik zarur.
Agar gemoglobin taqçilligi öz tasdiğini topsa, şifokor uning sabablarini izlaşga kirişadi. Ular köp, ya'ni keng kölamda — to kam zararlilaridan ölim darajasidagi xavflilarigaça. Misol uçun, gemoglobin kamayişi — homiladorlik yoki oziş maqsadida oziq-ovqatdan tiyilişni boşlaşda normal holat. Lekin anemiya sababi surunkali buyrak xastaliklari, jigar sirrozi, gipotireoz, qörğoşindan zaharlaniş, içki qon ketişi, turli xildagi saraton bölişi ham mumkin. Umuman olganda, uşbu noxuş holatlarni inkor etiş uçun şifokor bilan maslahatlaşiş kerak.



















