Germaniya fermerlar ittifoqi (DBV) rahbari Yoaxim Rukvid mamlakatda oqsil kasalligi tarqalişi katta iqtisodiy zarar keltirişidan ogohlantirdi. «Uşbu kasallikning tarqalişi muhim iqtisodiy oqibatlarga olib kelişi sababli çorvaçilik fermalarimiz uçun juda jiddiy zarba», dedi Rukvid Mediengruppe Bayern media-guruhiga Berlinda «Yaşil haftalik» qişloq xöjaligi yarmarkasining oçilişi munosabati bilan 17 yanvar, juma kuni bergan intervyusida.
Rukvidning sözlariga köra, çorvaçilik uçun sodir bölgan voqea oqibatlarini baholaş hali qiyin, ammo «zarar juda katta böladi». Şu bilan birga, uşbu virus odamlar uçun xavf tuğdirmasligi muhim, «u iste’molçilar uçun mutlaqo zararsizdir», deb ta’kidladi DBV rahbari. U rasmiylarni «kasallik tarqalişini har qanday yöl bilan uşlab turiş uçun hamma narsani qilişga» çaqirdi. «Hozir bu birinçi raqamli ustuvor vazifa», dedi Yoaxim Rukvid va Germaniya hukumati hamda federal yerlardan «hal qiluvçi çoralar»ni kutişini qöşimça qildi.
Berlindagi "Yaşil haftalik" va oqsil kasalligi
16 yanvar oqşomida 89-"Yaşil haftalik"ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Germaniya oziq-ovqat va qişloq xöjaligi vaziri Jyem Özdemir va Berlin burgomistri Kay Vegner iştirok etdi. Ertasi kuni ertalab körgazma taşrif buyuruvçilar uçun töliq oçildi. Bu yil 60 mamlakatdan 1500 ga yaqin eksponent iştirok etmoqda. Taşkilotçilar 26 yanvargaça yarmarkaga 300 mingga yaqin taşrif buyuruvçi kelişini kutmoqda.
Veterinariya xizmati bilan kelişilgan holda, bu safar "Yaşil haftalik"da ayrim hayvonlar (qoramol, qöy, eçki, alpaka va boşqalar) namunalari bölmaydi. Bu çora Germaniyada sönggi 35 yil içida birinçi marta zoonozlar (hayvonlarning yuqumli kasalliklari) guruhidan ötkir, öta yuqumli virusli kasallik bölgan oqsil avj olgani bilan izohlanadi.
Ötgan hafta Brandenburg federal yeridagi çorvaçilik fermasida nasldor buyvollar podasida oqsil kasalligi aniqlangan. Kasallikdan uçta buyvol nobud bölgani xabar qilingan. Ilgari Germaniyada hayvonlarning oqsil kasalligi bilan kasallaniş holatlari 1988 yilda qayd etilgan.












