Turkiyalik şifokorlar qon bosimini dorilarsiz tuşirişning asosiy usullarini sanab ötişdi. 

Mutaxassislar buning uçun birinçi navbatda ovqatlanişdagi odatlarni qayta körib çiqişni tavsiya qilişmoqda, jumladan, tuz iste'molini kamaytiriş, ratsionga oqsilga boy taomlarni hamda kaliyga boy mahsulotlarni qöşiş, aççiq şokolad iste'mol qiliş lozim.

Keyingi navbatda içimliklar iste'moliga e'tibor qaratiş lozim: qon bosimini me'yorga keltiriş uçun kofein saqlovçi içimliklardan voz keçib, ularni kök çoy yoki gibiskus (Xitoy atirguli) negizidagi ötli çoylar bilan almaştiriş lozim.

Bundan taşqari, şifokorlar turmuş tarzining qolgan jihatlariga e'tibor qaratişni va stress holatlaridan qoçişni tavsiya qilişmoqda. Çunki stress ortida yurak qisqarişlari sonini oşiruvçi va qon tomirlarini toraytiruvçi gormonlar işlab çiqariladi.

Şuningdek, jismoniy maşqlar bilan muntazam şuğullaniş, hattoki piyoda yuriş ham qon bosimini tuşiruvçi dorilar kabi samarali hisoblanadi.