Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati uşbu kasallik böyiça Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bölim mudiri, oliy toifali şifokor Nazokat Oripova bilan intervyu uyuştirdi. Unda anemiya taşxisini qöyiş uçun ötkaziladigan tekşiruvlar, kamqonlikni davolaş davrida nimalarga ahamiyat qaratilişi haqidagi dolzarb savollarga javob berildi.

— Anemiya taşxisini qöyiş uçun qanday tekşiruvlar ötkaziladi?

— Bolada kamqonlik belgilarini sezgan ota-ona, eng avvalo, qon tekşiruvlarini amalga oşirişi zarur. Qondagi eritrotsitlar va gemoglobin sonining körsatkiçlari orqali taşxis qöyiladi. Gemoglobin miqdori 110 g/l.dan, eritrotsitlar 3,5 x 10¹² g/l.dan kam bölsa anemiya taşxisi qöyiladi. Bu körsatkiç anemiyaning yengil darajasiga tegişli. Örtaça anemiya quyidagi körsatkiçlar bilan belgilanadi: gemoglobin 90 g/l.dan kam, eritrotsitlar 2,5x10¹² g/l.gaça, oğir darajadagi kamqonlikda esa 70 g/l.dan kam, eritrotsitlar 2,5x10¹² g/l.dan kam böladi. Bolada kamqonlik aniqlanganda nafaqat gematolog, balki gastroenterolog, nefrolog va pediatrlarga ham murojaat qiliş hollari uçraydi.

— Kamqonlikni davolaş davrida nimalarga ahamiyat qaratiladi?

— Kamqonlikni davolaşning bosqiçlari töliq şifokor nazorati ostida ötişi lozim. Agar bolada anemiyaning yengil körinişi keçayotgan bölsa, temir moddasiga boy bölgan ovqatlar va qöşimça vitaminlar beriladi. Takroriy kamqonlik yuzaga kelmaslik uçun uşbu jarayonni töxtatmaslik zarur. Ratsionda mol göşti, jigari, dukkakli ekinlar, dengiz mahsulotlari, yangi sabzavot va mevalar, kökatlar örin olişi kerak. Temir preparatlari va vitaminlari körsatilgan dori-darmonlarni şifokor tayinlaydi.

— Anemiyaning oldini oliş borasida qanday tavsiyalar bergan bölar edingiz?

— Temir tanqisligi kamqonlikning asosiy sababi ekanligini hisobga olsak, töğri ovqatlanişning ahamiyati juda katta. Bola tuğilmasidan oldin homilador ayollar soğlom ovqatlanişga, yetarliça uxlab dam olişga erişişi zarur. Ilk 6 oylikda ona sutiga qöşimça ovqatlar qöşib boriş zarur. Katta yoşdagi bolalar uçun turli xil ovqatlaniş balansini taşkil qiliş kerak. Çaqaloqlarning iloji boriça oçiq havoda bölişi va quyoş vannalarini qabul qilişi muhimdir. Agar bu yetarli bölmasa, vitamin-mineral komplekslari va tarkibida temir moddasi saqlovçi preparatlardan foydalaniş mumkin. Şuni alohida ta'kidlaş zarurki, temir organizmga yaxşi sörilişi uçun S vitamini juda zarur. Sut, çoy va qahva kabi mahsulotlar esa temir moddasini sörilişiga qarşilik körsatadi.