Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati uşbu kasallik böyiça Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bölim mudiri, oliy toifali şifokor Nazokat Oripova bilan intervyu uyuştirdi. Unda bolalarda uçraydigan kamqonlik, anemiyaning kelib çiqiş sabablari, kasallik öz vaqtida davolanmasa qanday oqibatlarga olib kelişi mumkinligi haqidagi dolzarb savollarga javoblar berilgan.
— Bolalarda uçraydigan kamqonlik haqida ma'lumot bersangiz...
— Bolalardagi anemiyani pediatr, qiyin holatlarda esa gematolog davolaydi. Bolalar anemiyasi butun dunyo pediatrlarining muammosi sanaladi. Qon tarkibidagi gemoglobin miqdori pasayib ketişi kamqonlik kasalligiga sabab böladi. Miyaga kislorod yetkazib beriş esa aynan qondagi gemoglobinning asosiy vazifasidir. Bu kasallik bilan oğrigan va immuniteti past bemorlarda turli infeksion xastaliklarga çaliniş xavfi yuqori böladi. Qon tarkibida organizmning ösib rivojlanişi uçun muhim bölgan oziq moddalar mavjud.
Eritrotsitlarning asosiy vazifasi kislorod molekulalarini taşişdir. Kislorod organlar va töqimalarga gemoglobin – temir tarkibidagi maxsus oqsil orqali yetkaziladi. Örtaça gemoglobin darajasini quyidagi raqamlarda köriş mumkin:
G/L dagi normal gemoglobin darajasi (litr uçun gramm) yoşga boğliq:
- yangi tuğilgan çaqaloqlarda - 180dan 240gaça;
- 1 oydan 5 yoşgaça - 110dan 115gaça;
- 5 yoşdan 12 yoşgaça - 110dan 120gaça;
- 12 yoşdan 15 yoşgaça - 120dan 140gaça.
— Anemiya kelib çiqişining asosiy sabablari nimada?
— Bolalardagi kamqonlik turli sabablarga köra rivojlanadi. Ota-ona sinçkovlik bilan uşbu kasallikka nima turtki bölganini aniqlaşi kerak. Anemiya – taşqi va içki, nasliy va orttirilgan, homiladorlik va tuğilgandan keyingi, patologik va asosiy omillar asosida yuzaga keladi.
Ayolning homiladorlik davridagi kamqonligi bolaga öz ta'sirini ötkazmasdan qolmaydi. Açinarlisi, homilador ayollarning temir moddasiga bölgan talabining ikki karra ortişi oqibatida kelib çiqadigan anemiya soni katta körsatkiçlarni körsatadi. Bolalar uçun anemiya xavfli kasalliklar sirasiga kiradi. Sababi, bola kun sayin ösadi va ma'lumki özining «zaxiralari» kam bölsa, rivojlanişdan orqada qolişi mumkin. Töyib ovqatlanmaslik, vitaminga boy mahsulotlarni iste'mol qilmaslik ham anemiyaga sabab böladi.












