Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Yaponiyani harbiy jinoyatlari uchun uzr so‘rashga va kompensatsiya to‘lashga chaqirdi
Pxenyan Yaponiyadan Koreya yarimorolida qilgan harbiy jinoyatlari uchun kechirim so‘rashi va kompensatsiya to‘lashini talab qilmoqda. Bu haqda Koreya mrakaziy telegraf agentligi xabar berdi.
"Yaponiya 70 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, haligacha qilgan ishlari uchun tavba qilmayotgan va harbiy jinoyatlari uchun uzr so‘ramay, kompensatsiya to‘lamay kelayotgan tajovuzkor davlat bo‘lib qolmoqda", - deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, koreys xalqi Yaponiyaning bu ishlarini aslo unutmaydi va "KXDR Tokioning bu yovuzliklari uchun hisob-kitob qiladi".
1910-1945 yillarda Yaponiya hukumati Koreyani bosib olgan vaqtida yarimorol aholisini og‘ir ishlarni bajarishga majburlagan.
Mavzuga oid
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
10:08 / 26.12.2025
Yaponiya 17 ta qon quyish muassasasiga zamonaviy uskunalarni yetkazib beradi
10:53 / 25.12.2025
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
19:14 / 21.12.2025