Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV o‘zbekistonliklarni Turkiyada noqonuniy migrantlarga qarshi reydlar o‘tkazilayotganidan ogohlantirdi
Turkiyada mamlakatda noqonuniy yurgan xorijiy fuqarolarni aniqlash va deportatsiya qilish bo‘yicha muntazam reydlar amalga oshiriladi. Bundan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ogohlantirmoqda.
Shu maqsadda Turkiyada noqonuniy yurgan xorijiy fuqarolarni aniqlash va ularni mamlakatdan chiqarib yuborish borasida transport vositalari, ish va yashash hamda jamoat joylarida muntazam tekshiruvlar olib borilmoqda.
Turk mutaxassislarining ta'kidlashicha, xorijiy fuqarolarning aksariyati Turkiya hududida yashashga huquq beruvchi (ikamet izni) va ishlashga huquq beruvchi (çalişma izni) hujjatlar o‘rtasidagi farqni bilmaydilar.
Qonunga muvofiq yashash huquqini beruvchi hujjatga ega chet el fuqarolari Turkiya hududida ishlashni istasalar, albatta, qo‘shimcha ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarga ham ega bo‘lishlari shart. Aks holda, ular qonunni buzgan hisoblanadi va ularga nisbatan choralar ko‘riladi.
2018 yilning oktabr oyidan boshlab Turkiya hukumati O‘zbekiston fuqarolariga Turkiya hududida 90 kun davomida vizasiz yurishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bu muddat Turkiyada ishlash maqsadida kelgan xorijiy fuqarolarga yashash huquqi va ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetarli muddat hisoblanadi.
Bundan tashqari, Turkiyaning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turk ish beruvchilari bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish orqali Turkiyaga kelishidan oldin ham ishlash huquqini beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. Bu esa ishlashga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolarning ishini sezilarli darajada osonlashtiradi.
Shu munosabat bilan Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini barcha kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga va mamlakatda mavjud qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqiradi.
Elchixona va Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026