Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya KXDR uch oy ichida to‘qqiz marta yangi raketalar sinovini o‘tkazganini bildirdi
Foto: AP Photo / Ahn Young-joon
Shimoliy Koreya may oyidan buyon to‘qqiz marta uchta modifikatsiyadagi raketani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Takesi Ivaya ma'lum qildi.
"Maydan buyon Shimoliy Koreya 9 marta raketa uchirdi. 4 va 9 may, 25 iyul va 6 avgust kunlari "Iskander" turidagi raketaga o‘xshash raketalar sinovdan o‘tkazildi. Ular ilgari Shimoliy Koreyada bo‘lgan raketalardan farq qiladi. Shuningdek, 24 avgustda qattiq yonilg‘ida uchadigan raketalar sinovdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, 10 va 16 avgustda uchirilgan raketalar Amerikaning ACMS raketalarini yodga soladi", - dedi vazir.
Uning ta'kidlashicha, yakuniy xulosaga kelish uchun qo‘shimcha tahlillar talab qilinadi. Ammo ekspertlar barcha raketalar kichik masofaga mo‘ljallangan yangi turdagi raketalar turiga mansub degan fikrda.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026