Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu ajoyib insonlar yashaydigan buyuk davlat» - Tramp Polshani fojiali sana bilan tabrikladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Polshani fojiali sana – Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda Newsweek nashri xabar berdi.
Tramp Polshada Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi kerak edi, biroq oxirgi lahzada «Dorian» dovuli tufayli safarini bekor qilgan. Jurnalistlardan biri AQSh prezidentidan «Polshaga ushbu fojiali sana bilan bog‘liq biror narsa aytmoqchimisiz?» deb so‘raganda, o‘zining o‘rniga tadbirlarga vitse-prezident Mayk Pens borishini nazarda tutib, bu davlat uchun «ajoyib xabar» borligini aytgan.
«Hozircha esa Polshani shunchaki tabriklamoqchiman. Bu ajoyib insonlar yashaydigan buyuk davlat. Bizning davlatda polyaklar ko‘p – 8 mlnga yaqin bo‘lsa kerak. Biz polshalik do‘stlarimizni yaxshi ko‘ramiz», deb aytgan Tramp.
Avvalroq Tramp dovul yaqinlashayotgani vaji ostida Polshaga safarini bekor qilgan, biroq buning o‘rniga golf-klubiga jo‘nagan.
Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
09:35 / 16.01.2026