«Imomlar özi aytganiga avvalo özlari amal qilişi kerak» - Toşkent şahar yangi boş imom xatibi bilan suhbat
|19:17 / 04.09.201965 4278 min
Şu yilning 25 avgust kuni Toşkent şahriga yangi boş imom-xatib tayinlandi.
Unga köra, şu paytga qadar Andijon viloyat boş imom xatibi sifatida işlab kelgan Nuriddin domla Xoliqnazarov uşbu vazifada iş boşladi.
Kun.uz yangi reja va maqsadlar haqida eşitiş, qaysidir ma'noda yaqindan tanişiş maqsadida poytaxtning boş imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov bilan suhbat taşkil qildi.
Assalomu alaykum domla, avvalo mas'uliyatli vazifa bilan tabriklaymiz va omad tilaymiz.
- Domla, endilikda katta bir hududda iş boşlayapsiz va şaxsiy fikringizni söramoqçiman, bugungi kunda jamiyat hayotida dinning örni qay darajada deb hisoblaysiz?
— Bismillahir rohmanir rohim. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokotuh!
Özingiz aytib ötganingizdek, bir neça kun avval mamlakatimiz poytaxti – Toşkent şahriga boş imom-xatib qilib tayinlandim. Bu men uçun kutilmagan bir xabar bölganini aytib ötmoqçiman. Muftiy hazratlari yiğiliş qilib, e'lon qilganlarida buni özim ham hayrat va ajablaniş bilan qabul qildim.
Lekin Allohning marhamati bilan menga diniy xodim ölaroq Toşkent şahrida xizmat qilişlik baxti nasib etgan ekan, men eng avvalo Allohdan mazkur xizmatimda özi yordamçi bölişini tilayman.
Bu albatta, juda mas'uliyatli va şarafli vazifa, uning mas'uliyatini men qalban his qilib turibman.
Islom dini ota-bobolarimizdan, qon-qonimizga singib ketgan Allohning katta ne'mati. Alhamdulillah, hammamiz asl fitrat ila musulmon bölib dunyoga kelamiz, söng quloqlarimizga azon va iqomat aytiladi.
Ota-bobolarimiz zaminimizga Islom dini kirib kelgandan söng to hozirga qadar uni saqlaş uçun köp jonfidoliklarni, istilolarni kördi. Bu istilolarda diniy ulamolarimiz ham köpgina qiyinçiliklarni körişdi. Jumladan, Sobiq ittifoq zamoni, dahriylik davrida «Din – afyundir» degan şior bilan katta yöqotişlarni kördik.
Mavzuga oid
Alhamdulillah, mustaqillikka erişganimizdan keyin Alloh diniy qadriyatlarimizni bizga katta ne'mat qilib berdi.
Dinning örni, hayotimizdagi ahamiyati şundaki, biz mömin-musulmon ölaroq har bir amal, har bir işimizda xohlaymizmi-yöqmi dinga murojaat qilamiz, din orqali tarbiyalanamiz. Faqat bir narsani tuşuniş kerakki, dinga amal qilişda, avvalo uning mohiyatini örganib olişimiz kerak.
Din özi nima? Nima uçun Alloh taolo bizga dinni, Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamni yubordi?
Avvalo, bularning sababini bilib olişimiz kerak.
Birinçi navbatda Payğambarimiz sollallohu alayhi vassallamni butun olamlarga rahmat ölaroq kelganligini unutmasligimiz kerak. Alloh taolo Qur'onda «Biz sizni olamlarga rahmat qilib yubordik», deya marhamat qilgan.
Payğambarimiz ham aytadilarki, «Men butun axloqlarni butun gözallikka yetkazişlik uçun yuborilganman».
Dinimiz mana şunday odob, axloq va taqvo ustiga qurilgan dindir. Şuning uçun, barçamiz, avvalo, dinimizning mohiyatini töla anglaşimiz kerak. Kimki musulmon ölaroq dinining ahamiyati va mazmunini töğri anglar ekan, u insondan heç yomonlik çiqmaydi. Bu haqda Payğambarimiz tilidan aytilgan, hammamizga maşhur hadis bor: «Çin musulmon şunday kişiki, boşqalarga uning tilidan ham, qölidan ham ozor yetmasin».
Din bizning ong va şuurimizga ana şu odob va tuşunçada kirib borişi kerak.
- Dinning ahamiyati haqida gapirdik, ayting-çi, bugun biz muqaddas dinimiz Islomga qançalik amal qilyapmiz? Bu borada yutuq va kamçiliklarimiz nimadan iborat?
- Alhamdulillah, bugun dinimizga e'tiqod qiliş, diniy ibodatlar uçun hamma şaroitlar yaratilgan.
Dinimizning asl mohiyati bu – ilm. Ilm va aqidasiz heç narsaga erişib bölmaydi.
Ahli sunna val-jamoa e'tiqodimizda inson öz aqidasini töğri tuşunişi, bunga esa ilm bilan kirib borişi kerakligi birinçi navbatdagi vazifalardan qilib belgilab qöyilgan.
Bizning qilayotgan ibodatlarimizdan közlangan eng oliy maqsad esa bandaçilik, ya'ni, Allohning oldida özini banda biliş kabi xislatlarni köpaytirişimiz kerak.
Kişilar dinimizda faqat harakatlar ustiga ötirib olişi kerak emas. Masalan, namoz öqiş, röza tutiş bular hammasi odatlarning gultoji, lekin din bu faqat şu odatlarning özidan iborat tuşunça emas.
Alloh taolo Qur'oni Karimda buyurgan buyruq nima böldi? – «Allohga ibodat qiling, unga heç kimni şerik qilmang!». Alloh taolo ibodatda Allohdan boşqasini şerik qilmang, deya buyruq berib, orqasidan «Va ota onangizga yaxşilik qiling!», deydi.
Qarang, boşqa heç qanday buyruq bermayapti Alloh taolo. Ibodatdan keyingi eng birinçi topşiriq bu – ota-onaga yaxşilik qiliş.
Demak, mömin-musulmon kişining ibodatdan taşqari işi yaxşilik qiliş.
Ibodat amalida bir narsaga e'tibor berişimiz kerak, asrlardan beri bizlar, alhamdulillah, Ahli sunna val-jamoadanmiz, Imomi A'zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhi mazhabida, Motrudiya aqidasidamiz. Mana şu mazhabdagi amallarimiz hammasi gözal va eng mö'tadil. Ammo sönggi vaqtlarda yoşlarimizning ibodatlarida boşqa mazhablarga, boşqa yurtdagi odatlar yoki bemazhablarga taqlidini körib qolmoqdamiz.
Bular esa bizni xavotirga solmoqda. Aslida biz qadimdan Hanafiy mazhabiga amal qilib kelganmiz va şuning uçun ham kişilar orasida kelişmovçiliklar kuzatilmagan. Yoşlarimizning ibodat jarayonidagi köplab taqlidlarini eng xatarli iş degan bölardim. Yoşlar öz mazhabiga sadoqatli bölişi, biz buni örgatişimiz kerak.
- Dinning jamiyatdagi örni haqida gapirdik. Endi mana şu dinimizning qonun qoidalari, amallarini mömin-musulmonlarga yetkazib beruvçi imomlar haqida gaplaşsak. Xöş, imomlarimizning bugun jamiyatda örni qanday, ular oilalarda diniy tarbiyani mustahkamlaş borasida öz vazifalarini ado eta olyaptilarmi?
Albatta, şaxsan özim ham şu qatordagi kişi sifatida imomlar haqida biror salbiy fikrni eşitsam qalbim titraydi. Imomatçilik bu juda oğir, mas'uliyatli va şarafli vazifa. Arablarda bir maqol bor: «Imamuna - amamuna» ya'ni, imomlarimiz bizning peşvolarimiz. Imom har bir narsada peşvo bölişi kerak. U özining gap-sözi, yuriş-turişida va birinçi navbatda oilasida namunali bölişi kerak. Odamlarga kamtarlik, tavozeni tarğib qilayotgan imom dastlab özi kamtar bölmoği kerak.
Qadimdan bir hikoya keltiriladi, mazhabboşimiz imomi A'zamning oldilariga bir kişi kelib farzandining köp asal yeyayotganidan şikoyat qiladi, bir nasihat qilib qöying, deya iltimos qiladi. Holbuki, öşa asal şikoyat qilib kelgan kişining bolasiga ziyon keltiradi, kasali bor ekan.
Mazhabboşimiz mayli, keyin nasihat qilaman, deya bir kunni belgilaydilar.
Oradan bir muddat ötgaç öşa bolaga sen şu asalni yemagin, soğligingga zarar keladi, degan ma'noda nasihat qiladilar. Şunda haligi yoş bola öşa kundan asal yeyişni töxtatadi. Ota-ona hayron bölib, hazrat, nega şuni avvalgi kelganimizda aytmadingiz, desa, imomi A'zam men ham asalni köp yer edim, sen aytganingdan keyin men özimni şu narsadan tiydim-da, keyin bolangga aytdim, şunda mening sözlarim bolangga ta'sir qildi, degan ekan.
Hozirgi imomlarimiz avvalgi imomlardan farqli. Imomlar öz qavmi, odamlar uçun mas'ulligini, vazifaliligini unutmasliklari kerak.
Toşkent şahrining boş imom-xatibi suhbat davomida şuningdek, masjidlarda öqilayotgan mav'izalar, ularda siyrat qolib köproq suratga e'tibor qaratilayotgani, yangi vazifaga kirişgandan keyingi reja va maqsadlari haqida fikrlarini bildirdi.
Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.