Toşkent şahriga yangi boş imom xatib tayinlandi. Andijon viloyat boş imom xatibi sifatida işlab kelgan Nuriddin domla Xoliqnazarov uşbu vazifada iş boşlagan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.
Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Hazrat Usmonxon Alimov raisligida bölib ötgan yiğinda Toşkent şahar boş imom xatibi vazifasini bajarib kelgan Rahimberdi domla Rahmonov ilmiy işlar va izlanişlar munosabati bilan vazifasidan ozod etilgani aytilgan.
Nuriddin Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyatining Asaka şahrida tuğilgan. 1992 yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasi, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toşkent islom institutini, 2007 yilda Farğona davlat universitetini tamomlagan.
Iş faoliyati davomida Nuriddin Xoliqnazarov Asaka şahridagi «Ahmadali Maxdum» jome masjidi imom-xatibi, Toşkent şahri Yunusobod tumani «Oq tepa» jome masjidi imom-xatibi va şu kunga qadar Özbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyati vakili, viloyat boş imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Eslatib ötamiz, 2019 yil 4 yanvar kuni Rahimberdi domla Rahmonov Özbekiston musulmonlari idorasining Toşkent şahridagi vakili, şahar boş imomi va Yunusobod tumani «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlangan edi.

Rahimberdi Rahmonov «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyatini davom ettiradi.












