Toşkent şahar yangi boş imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov yangi binoda faoliyat boşladi. ÖMI Toşkent şahar vakilligi matbuot xizmati xabar berişiça, vakillik «Suzuk ota» majmuasida faoliyatini davom ettiradi.
Şu munosabat bilan 27 avgust kuni «Suzuk ota» majmuasida ÖMI raisi örinbosari, bölim boşliqlari hamda vakillik xodimlari, nuroniy otaxonlar va boşqa mehmonlar iştirokida marosim bölib ötdi. Unda an'anaga muvofiq qurbonlik qilinib, Qur'oni Karim oyatlari tilovat qilindi.


«Ma'lumki, uşbu majmua Prezidentimiz taşabbusi bilan bunyod etilib, ramazon oyida foydalanişga topşirilgan edi. «Suzuk ota» masjidi tarixiy maskanlardan biri bölib, ötmişi bevosita Amir Temurga borib taqaladi. Vakillik binosining ayni şu majmuadan örin olişi quvonarli va, inşaalloh, xayrlidir», deyiladi xabarda.

Şuningdek, xabarda «Suzuk ota» majmuasi şahar markazida joylaşgani va vakillik binosining mazkur joyda iş boşlaşi maqsadga muvofiq ekani ta'kidlangan.
Toşkent şahriga yangi tayinlangan boş imom-xatib Nuriddin domla Xoliqnazarov bugundan öz vazifasini bajarişga ayni şu maskanda kirişgan.








